Joriy yilning yanvar—fevral oylari davomida Gaitida vabo oqibatida 96 kishi qurbon bo‘lgan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
O‘tgan yili mazkur davr mobaynida vaboga chalingan 69 nafar bemor halok bo‘lgan edi.
Shunga qaramasdan, xastalikning tarqalish sur’ati pasayganligi ta’kidlanmoqda. 2013-yilning martida ushbu xastalik sakkiz ming kishining o‘limiga sabab bo‘lgan edi.
2010-yildan ushbu yuqumli xastalik to‘qqiz mingga yaqin gaitilikni hayotdan olib ketdi. 700 mingga yaqin aholi kasallikka chalingan.
Izoh (0)