FIFA o‘z internet-do‘konida Rossiyaning Qrimsiz xaritasi tasviri tushirilgan futbolkalarni sotuvdan chiqarishga qaror qildi. Buni tashkilot matbuot xizmati “R-Sport” agentligining so‘roviga javoban ma’lum qildi, deb xabar beradi Meduza.
FIFA 2018-yilda Rossiyada o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga bag‘ishlab chiqargan futbolkalarda Qrim RFning bir qismi sifatida ko‘rsatilmagan. Bu holatdan norozi bo‘lgan Duma deputati Vladimir Rodin Rossiya hukumatiga murojaat qildi. Endilikda futbolkalar savdosi to‘xtatilishi ma’lum bo‘ldi.
“Rossiya—2018” tashkiliy qo‘mitasi bosh direktori Aleksey Sorokinning so‘zlariga qaraganda, futbolkalar operatorning xatosi tufayli sotuvga chiqarib yuborilgan.
Izoh (0)