AQShdagi I-40 magistralining Shimoliy Karolina shtatidan o‘tadigan qismida 94 avtomobil to‘qnashib ketdi. NBC telekanaliga asoslanib, “RBK”ning xabar berishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida 20 kishi jarohat olgan.
Jabrlanganlardan hech biri jiddiy jarohatlanmagan. YTHning asosiy sababi sifatida ob-havoning yomonligi, shuningdek, avariyalar oqibatini ko‘rish uchun to‘xtagan haydovchilarning qiziquvchanligi ko‘rsatilmoqda.
Trassaning favqulodda xizmatlar tomonidan besh soat mobaynida to‘sib qo‘yilishi yo‘lda tirbandlikni keltirib chiqardi.
Izoh (0)