Rossiya Davlat dumasining Kommunistik partiyadan deputatlari prezident Vladimir Putinni AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klintonga qarshi sanksiyalar kiritishga chaqirdi, deb yozadi “RBK”.
Klinton, tashabbus mualliflari fikricha, AQShda qamoq muddatini o‘tayotgan rossiyalik uchuvchi Konstantin Yaroshenkoning ishi bilan bog‘liq “Yaroshenko ro‘yxati” deb ataladigan ro‘yxatning asosiy figurantiga aylanishi kerak. Yaroshenkoni tutish bo‘yicha 2010-yilda Liberiyada o‘tkazilgan operatsiya Klinton tomonidan tasdiqlanmagan bo‘lishi mumkin emas, deb hisoblaydi deputatlar.
Sanksiyalar AQShdagi yana bir qator mansabdorlarga nisbatan ham joriy qilinishi kerakligi aytilgan.
Konstantin Yaroshenko AQShga narkotiklarning yirik partiyasini olib kirish maqsadida til biriktirishda ayblanib, 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Tergov versiyasiga ko‘ra, u Liberiyaga kelib, Venesueladan AQShga Afrika orqali bir necha tonna kokain olib kirish haqida kelishib olgan.
Izoh (0)