Britaniyalik ekspressionist rassom Frensis Bekonning (1909–1992) beshta kartinasi Ispaniya poytaxti Madrid markazidagi shaxsiy uydan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda El Pais gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, o‘g‘rilik o‘tgan yilning iyunida sodir etilgan, ammo politsiya ham, kolleksiya egasi ham bu axborotni shu paytgacha oshkor qilmay kelgan.
Rasmlarning umumiy qiymati 30 million yevroga baholanmoqda. Ular Bekonning do‘stiga tegishli bo‘lgan. Uy Madridning xavfsiz tumanida, senat binosi yaqinida joylashgan. Shunga qaramay, qo‘shnilar o‘g‘rilik kuni hech narsani eshitmagan. Noma’lum talonchilar signalizatsiyani o‘chirib, uy ichkarisiga kirishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)