Tunis Respublikasi prezidenti Beji Kaid as-Sebsiy terrorchilikka qarshi kurash maqsadlariga bir oylik maoshini xayriya qildi. Bu haqda Tunisning “Shems FM” radiosi xabariga asoslanib, “TASS” ma’lum qildi.
Aytilishicha, mablag‘ halok bo‘lgan huquq-tartibot xodimlari hamda tinch aholi vakillarining oilalariga yordam berish, shuningdek, mamlakatning xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Prezident barcha fuqarolarni o‘z tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.Davlat rahbarining chaqiruviga ergashgan birinchi kishi Tunis bosh vaziri Habib as-Sid bo‘ldi. U vazirlar mahkamasi a’zolari hamda davlatning barcha oliy rahbarlarni terrorchilikka qarshi kurash foydasiga bir ish kunini qurbon qilishga chaqirdi.
Tunis pochtasi xayriya mablag‘larini to‘plash uchun maxsus hisob ochdi.
Izoh (0)