Toshkentlik 14 yoshli Madina Saidazimova Rossiyaning Birinchi kanalida yangi mavsumi boshlangan “Golos. Deti” teleloyihasi tanlovidan o‘tdi. Bu haqda My Day Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan.
Eshituv chog‘ida (mazkur jarayonda murabbiylar o‘z jamoasiga yosh ijrochilarni tanlab oladi) Madina italyancha “O mio babbino caro” ariyasini ijro etdi. Hakamlar hay’atida bo‘lgan uch murabbiy ham — Leonid Agutin, Pelageya va Dima Bilan ijroni yuqori baholab, unga o‘girildi va o‘zbekistonlik qizni o‘z jamoasiga olish istagini bildirdi. Madina Pelageyani tanladi.
Ma’lumot uchun, “Golos. Deti”ning ikkinchi mavsum g‘olibasi o‘zbekistonlik Sabina Mustayeva hisoblanadi.
Izoh (0)