AQSh prezidenti Barak Obamaning fikricha, mahalliy kompaniyalar tegishli davlat organlari, zarur bo‘lganda, ichidagi ma’lumotlarga daxl qila olmaydigan smartfonlarni ishlab chiqarmasligi lozim. Bu haqda u Texas shtatidagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
Oq Uy rahbari Adliya vazirligi va Apple kompaniyasi o‘rtasidagi munozaralarga munosabat bildirmasligini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga, u mobil uskunalarning mustahkam himoyasi o‘ziga yarasha kamchiliklarga ega ekanligini tan oldi.
“Savol berish lozim — agar texnik nuqtai nazardan daxl qilib bo‘lmaydigan uskuna yaratish mumkin bo‘lsa, biz behayo roliklar tarqatuvchisini qanday qilib hibsga olamiz, terrorchilar fitnasini qanday fosh qilamiz?”, — dedi Obama.
Har bir fuqaroda bunday uskunaning bo‘lishini davlat rahbari “hamma cho‘ntagida Shveysariya bankini ko‘tarib yurishi”ga qiyosladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning va moliyaviy firibgarlikning oldini olishga ham jiddiy to‘sqinlik qiladi.
Izoh (0)