Yaponiyadagi “Fukusima” atom elektr stansiyasining operator kompaniyalari radioaktiv suvning sizib chiqishi bilan bog‘liq muammoni hal etish uchun to‘rt yil vaqt kerak bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda The Daily Telegraph nashri ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
Hajmi 760 ming tonnadan ortiq bo‘lgan ifloslangan suvning sizib chiqishi AESni foydalanishdan chiqarishdagi bosh muammoga aylandi. “Fukusima-1” AESning operator kompaniyasi Tokyo Electric Power Company reaktorlar atrofidagi barcha zararli suvni yig‘ish va qayta ishlash uchun to‘rt yil kerak bo‘lishini tasdiqladi. Sizib chiqish xavfini bartaraf etish 2020-yilga rejalashtirilmoqda.
Hozirgi paytda stansiya operatori yerosti infiltratsiyasini sezilarli darajada qisqartirishga erishganligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)