Afg‘oniston va Eron ikki mamlakat qamoqxonalaridagi mahbuslar qatlini kechiktirish haqida kelishib oldi, deb yozadi “Interfaks” Afg‘onistonning “Xurshid” telekanaliga tayanib.
Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, ushbu masala Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarining Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri bilan Qobuldagi uchrashuvi chog‘ida muhokama qilingan.
Eronlik diplomat uning hukumati 28 nafar afg‘onistonlik mahbusning qatl etilishini keyinga surish haqida qaror qabul qilganini aytdi. Boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmayapti.
Tehron, bunga javoban, Qobul hukumatidan Afg‘oniston turmalaridagi ikki nafar Eron fuqarosi qatlini kechiktirishni so‘ramoqda.
Izoh (0)