AQSh NATOning Yevropadagi harbiy mashg‘ulotlari vaqtida yadroviy qurol tarqatmaslik bo‘yicha kelishuv shartlarini buzmoqda. Bu haqda Rossiya TIV yadroviy qurolni tarqatmaslik va nazorat qilish departamenti rahbari Mixail Ulyanov bayonot berdi, deb yozadi Meduza.
Ulyanovning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv yadroviy qurolga ega davlatlar bunday turdagi qurol-aslahalarni boshqalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita yetkazishini taqiqlaydi. Yadroviy arsenali yo‘q davlatlar, o‘z navbatida, qurolni qabul qilmasligi talab etiladi. Ammo, rossiyalik diplomatning uqtirishicha, NATOning Yevropadagi qo‘shma harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida yadroviy qurolga ega bo‘lmagan davlatlar uchuvchilari yadroviy zaryad tashuvchi samolyotlarni boshqarishni o‘rganadi hamda qurol qo‘llash ko‘nikmasini hosil qiladi.
Shuningdek, TIV vakili, kelishuvga binoan, AQSh o‘tkazayotgan yadroviy qurollar modernizatsiyasiga ijozat berilishini, ammo olib borilayotgan ishlar ko‘lami xavotirga solayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)