Polsha Hukumat mudofaasi byurosi 10-mart, payshanba kuni respublika prezidenti Anjey Dudaning mashinasi ishtirokidagi avariya yuzasidan surishtiruv natijalarini taqdim etdi. Ekspertiza tafsilotlari haqida Hukumat mudofaasi byurosi (HMB) rahbarining o‘rinbosari Yatsek Lipskiy ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, avariyaga HMB sobiq rahbarlarining noto‘g‘ri ko‘rsatmalari sabab bo‘lgan. Ishlab chiqaruvchilar g‘ildiraklarni har 2—3 yilda almashtirishni tavsiya qilgani holda, HMB sobiq rahbarlari ulardan 4—6 yil davomida foydalanishga ruxsat bergan.
“Sobiq rahbarlarning ko‘rsatmalari HMB himoyasi ostida bo‘lgan shaxslarning xavfsizligiga tahdidni yuzaga keltirgan bo‘lishi mumkin”, — dedi Lipskiy va hozirgi rahbariyat barcha avtomobillarning g‘ildiraklarini zudlik bilan almashtirish haqida buyruq berganligini ta’kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 4-mart, juma kuni ichida Polsha prezidenti Anjey Duda bo‘lgan avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchradi: davlat rahbarining BMW mashinasi orqa g‘ildiragi portlab, avtomobil yo‘l chekkasiga chiqib ketdi. Hodisa natijasida hech kim jabrlanmadi.
Izoh (0)