Kiyev politsiyasi Ukraina poytaxtida Rossiya elchixonasi hududiga yonuvchi aralashmali butilkalarni uloqtirgan uch kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Qo‘lga olinganlarning shaxsi aniqlanib, so‘roq qilingandan keyin ular qo‘yib yuborilgan.
Kiyev politsiyasi ma’lumotiga qaraganda, qo‘lga olinganlardan biri o‘zini bosma OAVning bosh muharriri sifatida tanishtirgan. Aynan qaysi nashr ekanligi aniqlashtirilmagan.
Hodisa 10-mart, payshanba kuni tonggi to‘rtga yaqin yuz bergan. Yonuvchi aralashmali butilkalar yona boshlagan. Elchixona binosiga jiddiy zarar yetmagan, hech kim jabrlanmagan.
Izoh (0)