iPhone va iPad uskunalari foydalanuvchilari Apple kompaniyasining mahsulotlarida kuzatilayotgan yangi muammodan nolimoqda: ularning standart pochta dasturlarida 1970-yilning 1-yanvariga oid ichi bo‘sh maktublar paydo bo‘lmoqda. “Hi-Tech@Mail.ru” portalining 9to5Mac nashriga tayanib xabar berishicha, maktublarni oddiy usulda o‘chirib tashlashning imkoni yo‘q.
Bir muddat ilgari kompaniya mutaxassislari 1970-yilning 1-yanvaridan oldingi sana kiritilganida uskunaning buzilishiga olib keladigan nuqsonni bartaraf qilgan edi. iOS’ning standart pochta dasturiga kelayotgan tushunarsiz maktublar ham o‘sha sanaga oiddir.
Yangi nuqson Apple uskunalarida soat mintaqalari o‘zgartirilganda kelib chiqmoqda. Hozircha bu nuqson keng miqyosda kuzatilmayapti.
Ichi bo‘sh maktublarni o‘chirish va ularning kelishiga chek qo‘yish uchun pochta dasturini yopib, yoqish va “Uy” tugmalarini uzoq vaqt ushlab turish yordamida smartfon yoki planshetni o‘chirib yoqish talab qilinadi.
Izoh (0)