Muhojirlarni olib ketayotgan kema Turkiya sohillari yaqinida halokatga uchrashi oqibatida nobud bo‘lgan odamlar soni 25 kishiga yetdi. Bu haqda Anadolu agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq qurbonlar soni 18 kishini tashkil qilgani haqida ma’lumot berilgan edi.
Hodisa Oydin provinsiyasining Didim shahri qirg‘oqlariga yaqin yerda sodir bo‘lgan. Sohil qo‘riqlash xizmati xodimlari 15 nafar muhojirni qutqarishga muvaffaq bo‘lgan.
Halok bo‘lganlarning 13 nafari bolalardir.
Izoh (0)