Misrda taqiqlangan va terrorchilik tashkiloti deb topilgan “Musulmon birodarlar” hamda Falastinning HAMAS tashkiloti mamlakat sobiq bosh prokurori Hishom Barakatning o‘ldirib ketilishiga aloqador. Bu haqda Misr ichki ishlar vaziri Qohiradagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Nashr eslatishicha, 6-mart, yakshanba kuni Barakatga suiqasd uyushtirish haqidagi ish bo‘yicha olti kishi hibsga olingan edi. Ularning barchasi “birodarlar” aktivistlari hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil 29-iyun kuni Qohirada Misr bosh prokurori Hishom Barakatning avtomobili portlatilishi oqibatida u og‘ir jarohatlar olib, shifoxonada vafot etgan edi.
Ichki ishlar vaziri so‘zlariga ko‘ra, “birodarlar” va HAMAS a’zolari Barakatga nisbatan suiqasdni “Turkiyadagi IShID yetakchilari rahbarligi ostida” rejalashtirgan va amalga oshirgan.
U, shuningdek, bosh prokuror o‘limini tekshirish doirasida 14 nafar gumonlanuvchi hibsga olinganini, suiqasdni uyushtirgan yashirin yacheyka tarkibiga esa jami 48 kishi kirishini ma’lum qildi.
Izoh (0)