Turkiya bosh vaziri Ahmet Davuto‘g‘li Zaman muxolifatchi gazetasi rahbariyatiga vasiylik tayinlash haqidagi sud qarorining tayinlanishiga hukumatning aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Hukumatimizning bunga aloqasi yo‘q. Sud organlari tomonidan qabul qilingan qaror ijro etilgan. Bu yuridik jarayondir. Turkiyada matbuot erkinligiga nisbatan hech kimda shubha bo‘lmasligi lozim”, — dedi u.
U, shuningdek, gazeta “parallel davlat” tizimi orqali pullarni o‘zlashtirish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishda ayblanganligini ta’kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya politsiyasi Zaman gazetasi binosiga kirish uchun ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va vodomyotlardan foydalanganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)