Nigeriyalik ikki futbol muxlisining dunyoning eng kuchli futbolchisi kim ekani haqidagi bahsi qotillik bilan yakunlandi, deb xabar beradi Mirror.
Hodisa Hindistonning Mumbay shahrida joylashgan Nalasopara tumanida ro‘y bergan. O‘zining 34 yoshini nishonlayotgan Messining muxlisi nigeriyalik Obinna, Ronaldu muxlisi hisoblangan 24 yoshli vatandoshi Nvabuni tug‘ilgan kuniga taklif qilgandi.
Marosim davomida ular “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Barselona” yetakchisi Lionel Messi o‘yini haqida bahslashishni boshladi. Biri Ronalduni eng kuchli desa, boshqasi Messini tengsiz deb hisobladi.
Natijada bahs janjalga aylanib ketdi. Mahalliy politsiya xodimi Kiran Kabadining ma’lum qilishicha, 34 yoshli Obinna Ronaldu muxlisi Nvabu tomon stakanni uloqtirib, mo‘ljalda adashgan. Stakan sinishidan hosil bo‘lgan shisha parchalaridan birini ko‘tarib olgan Nvabu esa Messi muxlisi (Obinna)ning tomog‘ini bo‘g‘izlagan.
Buning oqibatida Obinna vafot etdi, Nvabu esa politsiya xodimlari tomonidan hibsga olindi.
Izoh (0)