Aralash qoidalar jangchisi, yarim yengil vazn toifasida UFC chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor bitta jang uchun teletranslyatsiya, homiylik to‘lovlari va turli bonuslardan tashqari 1 million AQSh dollari ishlab oladigan birinchi jangchiga aylanadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Uning raqibi, amerikalik Neyt Dias ushbu jangdan 500 ming AQSh dollari ishlab olishi ko‘zda tutilgan.
Qayd etish joiz, amaldagi chempion Konor Makgregor va chempionlik uchun da’vogar Neyt Dias o‘rtasidagi jang bugun, 5-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)