Havo hodisalarini tadqiq va tahlil qilish boshqarmasi Parijning Sharl-de-Goll aeroportidagi uchish-qo‘nish yo‘lagida uchuvchisiz uchar qurilmaning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq hodisani tekshirmoqda. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Hodisa 19-fevral kuni Barselonadan Parijga AF1149 reysini amalga oshirayotgan samolyot bilan yuz bergan.
Uchuvchisiz uchar qurilma qo‘nishni amalga oshirayotgan samolyotning chap qanotidan besh metr masofadan uchib o‘tgan. Dron 1,5 ming metrdan ortiq balandlikda uchgan.
Uchuvchilarning avtopilotni o‘chirib, havo hududini nazorat qiluvchi xizmatlar bilan bog‘lanishiga to‘g‘ri kelgan. Havo hududida aynan qanday qurilmaning paydo bo‘lganligi va uni kim boshqarganligi hozircha noma’lum.
Izoh (0)