Ucell kompaniyasi “Ijobiy” nomli yangi tarif rejasini ishga tushirdi. Unda hisobni 2,9 dollar yoki undan ko‘proq miqdorda to‘ldirganda yoqimli bonuslar, shuningdek, sevimli raqamga daqiqasiga 0,005 dollar evaziga qo‘ng‘iroq qilish nazarda tutilgan.
Bu haqda Ucell kompaniyasining matbuot xizmati xabar berdi.
“Abonentlarimizning do‘stlari, oilasi va qarindoshlari bilan butun O‘zbekiston bo‘yicha va tarmoq ichida doimiy muloqot qilishga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini inobatga olib, kompaniyamiz ovozli aloqa hamda SMS uchun xarajatlarni optimallashtirish imkoniyatini beradigan takliflarni rivojlantirishda davom etadi. Tarif rejasining asosiy ustunliklari — har safar hisob to‘ldirilganida bonuslar taqdim etiladi, tarmoq ichida bepul qo‘ng‘iroqlar, sevimli raqamga qo‘ng‘iroq qilish narxining pastligi hamda O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun kuniga kamida 1 dollar sarflagach, tarmoq ichida bepul muloqot qilish imkoniyati”, — tushuntirdi Iste’molchilar segmenti direktori Agshin Xadjiyev.
“Ijobiy” tarif rejasi faqat haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimi abonentlari uchun amal qiladi.
“Ijobiy” tarifi haqida batafsil axborotni quyidagi havoladan olish mumkin: http://ucell.uz/uz/subscribers/tariffs/positive_tariff
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)