Kreml KXDRning yadroviy quroldan foydalanishga tayyorligi haqidagi bayonotdan tashvishdaligini bildirib, barcha tomonlarni bosiqlikka chaqirdi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Shubhasiz, bu juda jiddiy tashvishni keltirib chiqaradi va, albatta, biz diqqat bilan voqealar rivojini kuzatib boramiz, shuningdek, mintaqa davlatlari hamda uchinchi davlatlar bunday murakkab vaziyatda bosiqlik va muvozanatni saqlab turishiga umid qilamiz”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 4-mart, juma kuni KXDR rahbariyati tarqatgan bayonotda mamlakatga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish maqsadida BMT Xavfsizlik Kengashi tarafidan qabul qilingan yangi rezolyutsiyani “xalq respublikasi suvereniteti asoslariga bolta uruvchi” “mislsiz, gangstercha” hujjat deb ataldi.
“Bu sharoitda KXDR xalqi va armiyasi g‘azab ila amerikalik imperialistlar va janubiy koreyalik sotqinlar qiyofasidagi mamlakat dushmanlarini yo‘q qilish to‘g‘risidagi buyruqni ijro qilishga tayyordir”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)