Toshkent shahri ko‘chalarida 1-mart arafasida yangi — “Foto- va video qayd etish” qo‘shimcha axborot belgilari paydo bo‘ldi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirilgan.
Xabarga ilova qilingan fotosuratda 7.19. yo‘l belgisidan ko‘p o‘tmay, qoidabuzarliklarni qayd etuvchi kuzatuv kameralar yo‘l ustiga joylashtirilganini ko‘rish mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi qaroriga muvofiq, 2016-yil 1-martdan boshlab O‘zbekistonda yangi tahrirdagi yo‘l harakati qoidalari kuchga kirdi. Qoidalarning yangi tahririga yangi yo‘l belgilari, xususan, “Foto- va video qayd etish” qo‘shimcha axborot belgisi ham kiritilgan.
Avvalroq O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari muovini Mansur Rihsiyev Toshkent yo‘llari va chorrahalariga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari ayni vaqtda sinov tartibida ishlayotgani, kameralar to‘liq tartibda ishga tushishidan 10 kun avval bu haqda OAV orqali jamoatchilikka xabar berilishini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)