Toshkentda 26-fevral, juma kuni Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasida, Mudofaa vazirligi binosi yaqinida Mercedes-Benz Conecto Low Floor yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirilgan.
Yong‘in chiqqan avtobus qaysi yo‘nalishda harakatlangani aniq emas. Yong‘in nima sababdan kelib chiqqani, shuningdek, jabrlanuvchilar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Avvalroq, 23-fevral, seshanba kuni Toshkentning Farg‘ona yo‘li ko‘chasida 12-yo‘nalishda harakatlanuvchi Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobusida yong‘in chiqqan edi.
Izoh (0)