Gongkong xalqaro aeroporti bojxonasi xodimining jasadi yechinish xonasidan topildi. Bu haqda, “Sinxua” agentligiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea 1-mart, seshanba kuni yuz bergan. Aeroportda o‘q ovozi eshitilgan, shundan so‘ng tibbiy xizmat xodimlari voqea joyini tekshirganida, u yerdan joni uzilgan erkakning jasadi topilgan. Jasadning yonida to‘pponcha ham bo‘lgan.Politsiya taxminiga ko‘ra, erkak o‘z joniga qasd qilgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.
Izoh (0)