Eronning amaldagi prezidenti Hasan Ruhoniy hamda oldingi prezidentlaridan biri Ali Akbar Xoshimiy Rafsanjoniy Ekspertlar kengashiga a’zo etib saylandi. “Interfaks” axborotiga ko‘ra, bu ovoz berishning hal qiluvchi natijalariga ko‘ra ma’lum qilingan.
Ruhoniy va Rafsanjoniy Eronning mo‘tadil ruhoniy doiralari vakillari bo‘lib, aholining ko‘pchiligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Shuningdek, kengashga konservativ kuchlarning yana ikki vakili saylandi – Konstitutsiya muhofizlari kengashi rahbari oyatulloh Ali Jannatiy hamda Ekspertlar kengashining bugungi tarkibi rahbari oyatulloh Muhammad Yazdiy.
86 o‘rinli kengashda 16 o‘rin Tehron viloyati vakillariga beriladi. Yuqorida tilga olinganlar Tehron vakillaridir.
Eron IIV ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha saylovchilarning 60 foizi ovoz berdi. Tehron viloyatining 8,5 million aholisidan 3,9 millioni saylovda ishtirok etdi.
Ekspertlar kengashi bilan bir paytda Majlis – partlament saylovlari ham o‘tkazildi.
Izoh (0)