Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Atletiko”ga qarshi Ispaniya chempionatining 26-turidagi o‘yin oldidan uchrashuv haqida fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“‘Atletiko’ga qarshi o‘yinda nima bo‘lmasin, biz chempionlik uchun kurashda davom etamiz. Jamoa taslim bo‘lmoqchi emas. Raqib shu haftada YeChLda o‘ynadi? Taqvimni men tuzmayman. Bu o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish juda muhim. Har hafta qaysidir jamoa o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish va dam olish uchun uchun kamroq vaqtga ega bo‘ladi”, — deydi Zidan.
Ma’lumot o‘rnida, “Real” – “Atletiko” uchrashuvi bugun 27-fevral, shanba kuni, Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.
Izoh (0)