“Barselona” jamoasi hujumchisi Neymarning otasi uning o‘g‘li ikki oy avval klub bilan amaldagi shartnomasini 2021-yilgacha uzaytirgani haqida tarqalgan xabarni rad etdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“Neymar shartnomasini uzaytirishiga umid qilyapmiz. Uning amaldagi kelishuvi yana ikki yil davom etadi va muxlislar o‘sha vaqtga qadar xotirjam bo‘lishi mumkin. Klub prezidenti Bartomeu bilan muzokaralarni may oyida boshlaymiz. O‘tgan yilning yozida ‘Barselona’ga Neymar borasida bitta taklif kelib tushgan va u rad etilgan. Bunday takliflar qayta kelyapti, lekin, jamoa ularni qabul qilmaslikka tayyor. ‘Real’ masalasiga keladigan bo‘lsak, klub biz bilan aloqaga chiqmagan. ‘Barselona’ vakillari ham ‘Qirollik klubi’ ular bilan bog‘lanmaganini aytdi. Aytilgan gaplarning barchasi mish-mish bo‘lgan”, — deb Neymarning otasining so‘zlaridan iqtibos keltiradi AS nashri.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” iyun oyiga qadar Neymar bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan.
Izoh (0)