ESET kompaniyasi mutaxassislari Google Play onlayn do‘koni tarixidagi eng yirik kiberhujumni aniqladi. “Hi-Tech.Mail.ru” saytining ma’lum qilishicha, Android/Clicker troyan dasturi milliondan ortiq foydalanuvchiga zarar keltirgan.
Android/Clicker virusining hujumlari yarim yilcha muqaddam boshlangan. Ekspertlarning so‘zlariga qaraganda, onlayn do‘konda virusning 343 modifikatsiyasi aniqlangan, ular jami 1,2 million marta ko‘chirib olingan.
Do‘konning Google Bouncer xavfsizlik tizimini har kuni virusning o‘nlab turlari chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Har bir modifikatsiya o‘rtacha 3600 marta ko‘chirib olingan, eng katta natija – 500 ming marta.
Android/Clicker boshqa rasmiy dasturlar niqobi ostida Android-qurilmaga ko‘chiriladi. Odatda u GTA San Andreas Free, Subway Surfers 2015, Dubsmash 2, My Talking Tom v2 shakliga kirib oladi.
Qurilmaga o‘rnatilgach, virus behayo saytlar hisobiga trafikni tortib ola boshlaydi. Troyanning operatorlari murojaatlar ko‘payishi hisobiga daromad oladi. Zararlangan Android-gadjetlarning hisobiga esa pul yozilaveradi.
Bu turdagi qalloblik qurboni bo‘lmaslik uchun ekspertlar Android dasturida ishlaydigan qurilmalarga sifatli antivirus o‘rnatib, uni muntazam ravishda yangilab borishni tavsiya qiladi.
Izoh (0)