Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya chempionati 22-turida “Galatasaroy” hamda “Trabzonspor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda mehmonlar himoyachisi Solih Dursun uchrashuv bosh hakamiga qizil kartochka ko‘rsatgani uchun maydondan chetlatildi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.

Foto: Twitter / @Turkish_Futbol

Foto: Twitter / @Turkish_Futbol

O‘yinning 86-daqiqasida bosh hakam Deniz Bitnel “Trabzonspor” himoyachisi Luis Kavanduga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatib, maydondan chetlatdi. Hakamning qo‘lidan tushib ketgan kartochkani mehmonlar himoyachisi Solih Dursun ko‘tarib oldi va uni hakamga ko‘rsatdi. Deniz Bitnel ikkilanmay Dursunni ham o‘yindan chetlatdi.

“Galatasaroy”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinda “Trabzonspor”ning jami 4 futbolchisi maydondan chetlatilgan.

“Trabzonspor” hakamning qaroridan norozi ekanini namoyish qilish maqsadida Dursunning hakamga qizil kartochka ko‘rsatayotgan vaziyatning suratini futbolkalarga tushirib, klub do‘konlarida sotishni rejalashtirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov