AQSh maxfiy xizmatlarning sobiq xodimi va quvg‘indagi fuqarosi Edvard Snouden o‘z ixtiyori bilan vataniga qaytgan taqdirda uni adolatli sud qilmaydi. Bu haqda ABC telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Men hukumatga, agarda adolatli sud surishtiruvi kafolatlansa, uning davomida men jamoatchilik manfaatlari yo‘lida o‘zimni himoya qila olsam va harakatlarimni tushuntira olsam, qaytishimni aytgandim”, — deb tan oldi Snouden Nyu-Gempshir shtatida Manchester shahri libertarianlarining yopiq tadbiri ishtirokchilari bilan Skype orqali muloqot chog‘ida.
“Qo‘shma Shtatlar meni Rossiyada ekanligim uchun tanqid qilyapti, ammo amalda bu yerdan ketishimga yo‘l qo‘ymayapti”, — deb qo‘shimcha qildi Snouden.
Izoh (0)