Futzal bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionati yarim finali doirasida kechgan O‘zbekiston — Tailand o‘yinidan so‘ng Xose Mendez matbuot anjumanida ishtirok etdi va jurnalistlar bilan muloqotda bo‘ldi. Bu haqda “Uff.uz” xabar beradi.
“Biz Tailand terma jamoasiga qarshi og‘ir o‘yin bo‘lishini bilardik. JChga chiqqach, bosimdan forig‘ bo‘lgan edik. Shunga qaramasdan himoyada yaxshi o‘ynasak-da, hujumda o‘zimizni ko‘rsata olmadik. Menimcha bugun har ikki jamoa ham g‘alabaga munosib edi. Shu tomonlama olib qaraydigan bo‘lsak, ikki kuchli jamoa ishtirokidagi o‘yinda biz g‘alaba qozondik.
Finalda kim o‘ynashidan qat’i nazar, u Eron bo‘ladimi yoki Vyetnam, o‘yindan imkon qadar lazzat olishga harakat qilamiz. Biz shunchaki hujumdagi o‘yinimizni ham kuchaytirib, himoyada barqarorlikka erishishimiz lozim. Shundagina nimagadir erishsa bo‘ladi”, — dedi Xose Mendez jurnalistlarning savoliga javob berish chog‘ida.
Izoh (0)