Xitoyning Sichuan provinsiyasida termitlar xitoylik fuqaro yashirib qo‘ygan 20 ming yuan (3 ming dollar) miqdoridagi pullarni yeb qo‘ydi. Bu haqda Asia One bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 60 yoshli fermer Si Shenli bir―ikki yil oldin o‘zining pullarini yotoqxonasida yashirib qo‘ygan. Buning sababi, fermer bankka qo‘yilgan pullarni qaytarib olishda maxsus kod yoki parolni esdan chiqarib yuborishdan xavotir olib, omonatlarga ishonch bildirmagan.
Natijada, Shenli pullarni ikkita paketga joylab, yerda qazilgan 15 santimetrli chuqurlikda yashirib, ko‘mib qo‘ygan. Bir necha oydan keyin u termitlar pullarning katta qismini yeb qo‘yganini aniqladi. O‘z navbatida, bank jami 600 yuan qiymatidagi pul banknotalarini almashtirib berishga rozi bo‘ldi.
Ushbu hodisadan xabar topgan pekinlik rassom Xu Dishen yaroqsiz holga kelgan pullarni almashtirish evaziga uning summasini to‘liq qoplashga va’da berdi. Rassom pul qoldiqlaridan san’at asari yaratmoqchi.
Izoh (0)