Buyuk Britaniya va Gollandiyaning Royal Dutch Shell kompaniyasi Eronga oldin yetkazib berilgan neft uchun qarzini to‘lay boshladi. Bu haqda Eron neft vazirligi rasmiy vakili Asqar Xendiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Yanvar oyida Eron milliy neft kompaniyasi va Shell 2,7 milliard dollar miqdoridagi qarz bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishdi. 2011—2012-yillarda yetkazib berilgan Eron nefti uchun to‘lanadigan mablag‘ mamlakatga nisbatan qo‘llangan xalqaro sanksiyalar tufayli xorijda muzlatib qo‘yilgandi.
Xendiy Shell va Yevropadagi ayrim boshqa kompaniyalar qarz to‘lovini amalga oshira boshlaganini tasdiqladi.
Izoh (0)