Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In KXDR Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi a’zolari bilan birgalikda 7-fevral kuni “Kvanmyonson-4” sun’iy yo‘ldoshining muvaffaqiyat bilan fazoga yetkazilishi munosabati bilan banket uyushtirdi. “Segodnya.ua” saytining “PrimaMedia.ru” agentligiga tayanib ma’lum qilishicha, partiya rahbariyati tadbir davomida “fazoni zabt etgan” olimlar va oddiy ishchilarni qutlagan.
“Mokran” restoranida o‘tkazilgan banketda Kim Chen In hamda uning rafiqasi Li Sol Chju ishtirok etgan. Marosimda “Moranbon” musiqiy ansambli qo‘shiqlar ijro etgan.
Banketda Kim Chen In yangi sun’iy yo‘ldoshni yaratish va orbitaga yetkazish ishiga hissa qo‘shgan barchaning sharafiga qadah ko‘targan.
Eslatib o‘tamiz, ko‘pgina davlatlar Shimoliy Koreyaning yangi sun’iy yo‘ldoshining texnik imkoniyatlariga shubha bilan qaramoqda. Ilgarigi yo‘ldosh ma’lumotlari KXDRning o‘zidan boshqa hech kimga ko‘rinmagan edi. “Kvanmyonson-4”ning signallari ham hozircha hech kim tomonidan qayd qilinmadi.
Izoh (0)