Londonda shoping qilib qaytgan taniqli bokschi Floyd Meyvezer shahar ko‘chalarida bir zum ham tansoqchilaridan ajralmadi. Bu haqda TJournal hikoya qilmoqda.
Bir do‘kondan ikkinchisiga yo‘l olayotgan, bo‘yi 173 santimetr bo‘lgan bo‘lgan Meyvezer bahaybat qo‘riqchilari oldida juda mayda ko‘rinardi. Daily Mail nashrining bildirishicha, u o‘zini emas, qimmatbaho lash-lushlarini himoya qilayotgan bo‘lsa ajab emas: paparatssilar uning qo‘lida 400 ming funt sterling (580 ming dollar) turadigan soatni payqagan.
Oradan ikki kun o‘tib, Meyvezerni qo‘riqchilari bilan Milanda ko‘rishgan.
Izoh (0)