“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z tanasini madridliklarning asosiy raqibi — “Barselona” klubi ranglariga bo‘yab, ushbu holat tasvirlangan suratini Instagram’dagi sahifasiga joyladi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Ko‘plab foydalanuvchilar 31 yoshli portugaliyalik shu tariqa katalon klubiga o‘tishga shama qilganini ta’kidlamoqda.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Ronaldu “qaymoqranglilar” tarkibida 23 o‘yinda 19 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
“Barselona” va “Real” klublari Ispaniya chempionatida 3-aprel kuni o‘zaro maydonga tushadi.
Izoh (0)