Bir necha kun avval “Barselona” hujumchisi Lionel Messi dunyodagi eng qimmat Ferrari rusumidagi avtomobilni olganligi xabar qilingandi. Argentinalik futbolchi bunga javoban o‘z Instagram’dagi sahifasida quyidagi suratni joylashtirib, xabarlar shunchaki mish-mish ekaniga ishora qildi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“Barcha aytayotgan avtomobil mana shu bo‘ladi”, — deya o‘z suratiga ta’rif berdi hujumchi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Messining 1957-yilda ishlab chiqarilgan Ferrari 335 S Spider Scaglietti uchun 32 million yevro to‘laganligi hamda ushbu avtomobilni sotib olishda u “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldudan ustun kelganligi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)