Musulmonlar uchun muqaddas sanalgan Saudiya Arabistonining Makka shahri ko‘chalaridan “Barselona” futbolchisi Neymar tasvirlangan reklamalar olib tashlandi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi a’zosi tez ovqatlanish restoranlari tarmog‘i hisoblangan McDonald’s kompaniyasi mahsulotini reklama qilgan. “Sport-Ekspress” nashri yozishicha, mazkur reklama sabab shaharda tartibsizliklar ham kuzatilgan.
Sambafoot’ning taxminicha, reklamada Neymarning tatuirovkalari ko‘rinib qolgani yoki futbolchining musulmon emas, nasroniy bo‘lgani shahar ahlining noroziligiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)