O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Farrux Do‘stov Italiyaning Bergamo shahrida davom etayotgan hamda mukofot jamg‘armasi 42 500 yevroni tashkil etuvchi “Chellenjer” turkumiga kiruvchi turnirdagi ishtirokini yakunladi, deb xabar beradi “Olamsport”.
O‘zbekistonlik tennischi ikkinchi bosqich uchrashuvida fransiyalik Gregor Barrerega qarshi kortga chiqdi va 3:6, 6:1, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Taqqoslash uchun, fransiyalik tennischi dunyo reytingida 170, 29 yoshli Do‘stov esa 164-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Farrux Do‘stov turnirning ilk davrasida musobaqaning to‘rtinchi raketkasi, dunyo reytingida 109-o‘rinda borayotgan 24 yoshli Mirza Basichni 4:6, 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etgan edi.
Izoh (0)