Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining bir guruh yoshlari 9 va 14-fevral kunlari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomi munosabati bilan virtual aksiya o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Foto: Facebook / ProudToBeUzbek

Foto: Facebook / ProudToBeUzbek

Aksiya shartlariga ko‘ra, 9-fevral kuni soat 9:00 dan boshlab Twitter ijtimoiy tarmog‘ida foydalanuvchilar #Navoiy575, 14-fevral kuni soat 14:00 dan boshlab esa #BoburDay heshtegi bilan post qilishi lozim bo‘ladi.

Facebook va Instagram faollari ham postlarida heshteglarni ishlatgan holda ushbu tadbirga o‘z hissalarini qo‘shishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik Twitter foydalanuvchilari bungacha uch marta – 2012-yili O‘zbekiston Mustaqilligining 21 yilligi arafasida #uzb21, 2013-yili Mustaqillikning 22 yilligi arafasida #uzb22, 2014-yili esa o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatovga bag‘ishlangan #IrmatovBest heshteglarini jahon trendi darajasiga ko‘targan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?