Tunis huquqni muhofaza qilish organlari 5-fevral, juma kuni Monastir provinsiyasida (mamlakat poytaxtidan 170 kilometr janubda) hukumat kuchlariga qarshi terrorchilik hujumlarini tashkillashtirishni rejalashtirgan 17 kishini hibsga oldi. Bu haqda respublika IIV ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
“Qo‘lga olinganlar davlat xavfsizligi organlari xodimlarining yashash joyi va harakatlanish yo‘nalishlari haqida ma’lumot to‘plash bilan shug‘ullangan. Ular hibsda saqlanayotgan terrorchilarni so‘roq qilish natijasida olingan ma’lumotlar tufayli qo‘lga olindi”, — deyiladi IIV xabarida.
Hozirgi paytda Tunisning turli provinsiyalarida aksilterrorchilik operatsiyalari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)