Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘z Instagram’ida Ahmad Zakayevni Chechenistonga qaytishga undadi, deb yozadi “Vedomosti”. Zakayev chechenistonlik terrorchilarning sobiq emissari (maxfiy siyosiy topshiriq bilan chet mamlakatga yuboriladigan kishi, agent) bo‘lib, Rossiya uning Buyuk Britaniyadan topshirilishiga erisha olmayotgan edi.
Qodirov Urus-Martanda Zakayevning qarindoshlari bilan uchrashuvi aks etgan suratni e’lon qildi. “Men Ahmadda Londonda o‘tiraverish uchun sabablar yo‘qligini aytdim. Ichkeriya referendum o‘tkazilgan vaqtdan buyon mavjudligini yo‘qotdi. Xalq ongli ravishda tanlovni amalga oshirdi… Men Ichkeriyaning yuzlab va minglab sobiq tarafdorlari munosib kishilar ekanligini eslatib o‘tdim. Ular ishlaydi, respublika rivojlanishiga hissa qo‘shadi”, — deya ta’kidladi Checheniston rahbari.
Ahmad Zakayev Boris Berezovskiy bilan birga jurnalist Anna Politkovskayaning o‘ldirib ketilishi haqidagi ishda buyurtmachi sifatida qatnashgan edi. U Ichkeriyaning sobiq tashqi ishlar vaziri bo‘lib, 2001-yildan buyon xalqaro qidiruvda. Rossiya Bosh prokuraturasi uni terrorizm, tinch fuqarolar va harbiylar qotilligini tashkillashtirishda gumon qilmoqda. 2003-yilda London sudi uni Rossiyaga ekstraditsiya qilishdan bosh tortdi, keyinroq Britaniya TIV Zakayevga qochoq maqomini berdi.
Izoh (0)