Samarqand viloyatida tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini buzgan barcha toifadagi mansabdor shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda “Zarafshon” gazetasi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Kattaqo‘rg‘on shahridagi Xalq banki filialiga qarashli “Mirzo Ulug‘bek” mini-banki mudiri hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan bank mijozi bo‘lgan tadbirkorlarning pullarini talon-taroj qilgan.
“Mudir bank mijozi bo‘lgan xususiy tadbirkorlardan birining hisob-raqamidagi 6 million so‘m pul mablag‘larini talon-taroj qilganligi uchun odil sudlov oldida javob berdi”, — deyiladi gazeta xabarida.
Izoh (0)