Hindistonning g‘arbida yo‘lovchi avtobusining Purna daryosiga tushib ketishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda India Today bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Hodisa 5-fevral, juma kuni Gudjarat shtatining Navsari okrugida sodir bo‘lgan.
Avtobusda 60 nafargacha odam bo‘lganligi taxmin qilinib, yo‘lovchilar soniga aniqlik kiritilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi boshqaruvni qo‘ldan boy bergan.
Qolgan yo‘lovchilarning taqdiri noma’lum. Qutqaruvchilarning ta’kidlashicha, kuchli suv oqimi qidiruv ishlarini murakkablashtirmoqda.
Izoh (0)