Suriya va unga qo‘shni mamlakatlarda vujudga kelgan favqulodda vaziyat tufayli GFR hukumati BMTning qochoqlar masalasi bo‘yicha boshqarmasiga qo‘shimcha 500 million yevro ajratish niyatida. Bu haqda GFR kansleri Angela Merkel Londonda bo‘lib o‘tadigan moliyaviy donorlar konferensiyasida ma’lum qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Bir qator mamlakatlar, jumladan, Germaniyaning taklifiga binoan Londonda 70 dan ortiq davlatning vakillari to‘planadi. Uchrashuvda Suriyadagi fuqarolik urushining qurbonlari taqdirini yengillashtirish uchun pul mablag‘larini jalb etish yo‘llari muhokama etiladi.
BMTning hisob-kitoblariga qaraganda, jahon hamjamiyati ushbu maqsad uchun jami 7 milliard yevrodan ortiq mablag‘ ajratishi lozim.
Bundestagning tashqi siyosat komissiyasi raisi Norbert Ryottgen boshqa mamlakatlarni ham Suriyaga zudlik bilan yordam ko‘rsatishga chaqirdi.
Izoh (0)