AQSh Gruziyaning chegara politsiyasi uchun 10 million dollar yordam puli ajratadi. Bu haqda Gruziya IIVga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Tegishli kelishuv 1-fevral, dushanba kuni Tbilisida Gruziya chegara politsiyasi va AQShning harbiy tahdidlarni kamaytirish agentligi (DTRA) tomonidan imzolandi.
IIV xabariga ko‘ra, kelishuvning birinchi bosqichida “Kasumlo” va “Keda” chegara sektorlarida infratuzilma qurilishi boshlanadi, bundan tashqari, Gruziya—Armaniston chegarasi kuzatish va monitoring uchun texnik vositalar bilan ta’minlanadi.
Vazirlikning qayd etishicha, kelishuv doirasida chegara sektorlarini minoralar, tungi kuzatuv kameralari, maxsus texnika va avtotransport vositalari bilan ta’minlash rejalashtirilgan.