General Motors avtokonserni o‘z-o‘zini boshqaruvchi mashinalarni ishlab chiquvchilardan iborat maxsus jamoa tuzayotganini e’lon qildi, u elektromobillar bilan ham shug‘ullanadi. Bu haqda 3DNews xabar berdi.
GM’ning global mahsulot dasturlari bo‘yicha vitse-prezidenti Dug Parks rahbarlik qiladigan yangi jamoa kompaniyaga haydovchisiz yurishga qodir tayyor avtomobilni bozorga chiqarishni tezlashtirishga yordam beradigan texnologiyalarni rivojlantirishga e’tibor qaratadi.
Eslatib o‘tamiz, yil boshida Chevrolet Deytrotda (AQSh)gi avtosalonda Bolt EV elektromobilini namoyish etgan edi.
Izoh (0)