Grozniyda islom qoidalariga muvofiq faoliyat yurituvchi moliyaviy muassasa – islom banki ochiladi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar beradi Meduza.
Qodirovning so‘zlariga qaraganda, BAAning Mazcorp kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuvda islom bankining ochilishi haqidagi kelishuvga erishilgan. Tomonlar “loyihani amalga oshirishni boshlashga” qaror qildi, deb yozdi Checheniston rahbari.
Qodirov islom bankining ochilishi qachonga rejalashtirilganligini ma’lum qilmadi.
Izoh (0)