Kubalik qo‘shiqchi Isaak Real bilan ijro etiladigan duet ustida ish olib borayotgan Munisa Rizayeva “Tasvir” gazetasiga bergan intervyusida ijodi, shaxsiy hayoti haqidagi savollarga javob berdi.
“Menga ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p beriladigan savol — ‘Qachon turmushga chiqasiz?’ Albatta, bu shaxsiy ish va uni hammaga oshkor qilishni istamayman. Balki allaqachon turmushga chiqqandirman?”, — deydi xonanda.
Munisa Rizayeva “Erkak—bosh, ayol —bo‘yin” iborasi tarafdori ekanligi bildirib o‘tgan.
“Erkaklar tabiatan bizdan kuchli yaratilgan. Ammo ayollarga insonga hayot baxsh etish mas’uliyati ishonib topshirilgan. O‘zingiz o‘ylang, bu qanchalik mas’uliyat? Ammo ayol erkakka o‘zining kuchli tomonlarini ko‘rsatmasligi kerak. Ayollar erkaklarning oldida kuchsiz va zaifa bo‘lishi kerak, toki erkaklar ularga hamisha suyanishimizni his etsin”, — deya ta’kidlagan qo‘shiqchi.
Izoh (0)